VT VEROTECH
XizmatlarAI yechimlarLoyihalarNarxlarJarayonBiz haqimizdaBlog Aloqa Bepul konsultatsiya
Bosh sahifa/Narxlar
Narxlar

Narx qanday shakllanadi?

Biz tayyor "narx ro'yxati" bermaymiz - har bir tashkilotning jarayoni boshqacha. Qiymat loyiha hajmi, murakkabligi, integratsiyalar va muddatga qarab hisoblanadi.

MVP - minimal ishlaydigan mahsulot

Tez ishga tushirish kerak bo'lganda

Kelishuv asosida
Eng tez natija
  • Eng muhim 1-2 jarayon avtomatlashtiriladi
  • 4-8 hafta ichida ishlaydigan mahsulot
  • Asosiy rollar va huquqlar
  • Sodda, lekin to'liq ishlaydigan interfeys
  • Keyingi rivojlanish uchun ochiq arxitektura
  • Ishga tushirish va xodimlarni o'qitish
Taklif olish

Modulli yechim

Tayyor modul + individual funksiyalar

Kelishuv asosida
Tejamkor variant
  • Tayyor modullar: foydalanuvchilar, hujjatlar, hisobotlar
  • Sizga xos jarayonlar individual yoziladi
  • Ishlab chiqish muddati qisqaradi
  • Sinovdan o'tgan, barqaror qismlar
  • Kerakli modullarni keyin qo'shish mumkin
  • Integratsiyalar alohida modul sifatida
Taklif olish

To'liq kompleks yechim

Tashkilotni butunlay raqamlashtirish

Kelishuv asosida
Maksimal qamrov
  • Barcha bo'limlar va jarayonlar qamrab olinadi
  • Yagona autentifikatsiya va rollar tizimi
  • Mavjud dasturlar bilan integratsiya
  • Monitoring, KPI va boshqaruv paneli
  • Xavfsizlik, audit va zaxira nusxalar
  • Uzoq muddatli qo'llab-quvvatlash shartnomasi
Taklif olish

Narx nimalarga bog'liq?

  • Loyiha hajmi va funksiyalar soni
  • Jarayonlarning murakkabligi
  • Integratsiyalar soni va turi
  • Muddat va shoshilinchlik
  • Xavfsizlik va yuklama talablari
  • Ma'lumotlarni ko'chirish hajmi
  • Qo'llab-quvvatlash shartlari

Qanday hisoblanadi?

Dastlabki suhbatdan keyin jarayonlarni o'rganamiz va texnik taklif tayyorlaymiz. Taklifda ish tarkibi, bosqichlar, muddat va har bir bosqichning qiymati ko'rsatiladi.

Kelishuv imzolangandan keyin narx bosqichlar bo'yicha qat'iy bo'ladi - bosqich ichida qo'shimcha to'lov paydo bo'lmaydi.

Konsultatsiya - bepul, texnik taklif - bepul, to'lov - bosqichlar bo'yicha.

Jarayon

Biz bilan ishlash jarayoni

Siz faqat biznesingizdagi muammo yoki g'oyani aytasiz - qolganini biz bajaramiz.

1
2-5 kun

Ehtiyoj va jarayonlarni o'rganamiz

Kim, qanday ishni, qanday qilib bajarayotganini aniqlaymiz. Muammoning haqiqiy sababini topmasdan dasturlashni boshlamaymiz.

2
3-7 kun

Optimal yechim va texnik taklif tayyorlaymiz

Bir necha variant taqqoslanadi: nima kerak, nima keraksiz, qaysi bosqichda nima qilinadi. Taklifda muddat va budjet ko'rsatiladi.

3
1-2 hafta

Texnik topshiriq va prototip ishlab chiqamiz

Ekranlar va jarayonlar tasvirlanadi. Prototipni ko'rib, dasturlashdan oldin o'zgartirish kiritish mumkin - bu eng arzon bosqich.

4
1-2 hafta

Zamonaviy va qulay dizayn yaratamiz

Interfeys xodim va mijoz uchun tushunarli bo'lishi kerak. Brend uslubi, mobil ko'rinish va qulaylik hisobga olinadi.

5
asosiy bosqich

Dasturlash va integratsiyalarni bajaramiz

Ishni qismlarga bo'lib bajaramiz: har 1-2 haftada ishlaydigan natijani ko'rsatamiz. Tashqi servislar ulanadi.

6
1-2 hafta

Tizimni sinovdan o'tkazib, ishga tushiramiz

Funksional, yuklama va xavfsizlik sinovlari. Ma'lumotlar ko'chiriladi, tizim ishchi muhitga chiqariladi.

7
1-3 kun

Xodimlarga foydalanishni tushuntiramiz

O'qitish, qo'llanma va video ko'rsatmalar. Har bir rol uchun alohida tushuntirish beriladi.

8
doimiy

Qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish

Nosozliklarni tuzatish, yangilanishlar, yangi modullar va konsultatsiya - shartnoma asosida.

Savol-javob

Ko'p beriladigan savollar

Narx, muddat, kafolat va qo'llab-quvvatlash haqida eng ko'p so'raladigan savollar.

Qiymat loyiha hajmi, murakkabligi, funksiyalari, integratsiyalari, muddatlari va texnik talablaridan kelib chiqib, bozor narxlari hamda tomonlar o'rtasida kelishilgan shartlar asosida belgilanadi. Tahlildan keyin sizga aniq taklif va bosqichlar kesimidagi budjet beriladi.
Loyihani MVP (minimal ishlaydigan mahsulot) shaklida boshlash, alohida bosqichlarga bo'lish yoki tayyor modullarni individual funksiyalar bilan birlashtirish mumkin. Shunday yondashuvda birinchi natija tez chiqadi va keyingi bosqichlar uni daromadi hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.
Telegram-bot yoki landing sahifa 2-5 haftada, korporativ sayt 2-6 haftada, mobil ilova 6-12 haftada, yirik axborot tizimi 3-12 oyda ishga tushadi. Aniq muddat texnik topshiriq tasdiqlangandan keyin belgilanadi.
Biz tayyorlaymiz. Sizdan faqat jarayonni tushuntirish va savollariga javob berish talab qilinadi. Texnik topshiriq va prototip siz tasdiqlaganingizdan keyin dasturlash boshlanadi.
Ha. Har 1-2 haftada ishlaydigan natijani ko'rsatamiz (demo). Siz test muhitiga kirish huquqiga ega bo'lasiz va izohlaringizni bosqich ichida kiritishingiz mumkin.
Har bir yechimda foydalanuvchi rollari, kirish huquqlari, ma'lumotlarni himoyalash, harakatlar tarixi (audit), zaxira nusxalar va tizim xavfsizligi bo'yicha buyurtmachining talablari hisobga olinadi. Kerak bo'lsa tizim faqat sizning serverda joylashtiriladi.
Keyingi qadam

Siz muammoni ayting - biz uni samarali raqamli yechimga aylantiramiz!

O'zbekiston bo'ylab davlat tashkilotlari, biznes vakillari va tadbirkorlar bilan hamkorlikka tayyormiz.

Telegramda yozish