VT VEROTECH
XizmatlarAI yechimlarLoyihalarNarxlarJarayonBiz haqimizdaBlog Aloqa Bepul konsultatsiya
Bosh sahifa/Savol-javob
Savol-javob

Eng ko'p beriladigan savollar

Javobini topa olmadingizmi? Bizga yozing - batafsil tushuntiramiz.

Qiymat loyiha hajmi, murakkabligi, funksiyalari, integratsiyalari, muddatlari va texnik talablaridan kelib chiqib, bozor narxlari hamda tomonlar o'rtasida kelishilgan shartlar asosida belgilanadi. Tahlildan keyin sizga aniq taklif va bosqichlar kesimidagi budjet beriladi.
Loyihani MVP (minimal ishlaydigan mahsulot) shaklida boshlash, alohida bosqichlarga bo'lish yoki tayyor modullarni individual funksiyalar bilan birlashtirish mumkin. Shunday yondashuvda birinchi natija tez chiqadi va keyingi bosqichlar uni daromadi hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.
Telegram-bot yoki landing sahifa 2-5 haftada, korporativ sayt 2-6 haftada, mobil ilova 6-12 haftada, yirik axborot tizimi 3-12 oyda ishga tushadi. Aniq muddat texnik topshiriq tasdiqlangandan keyin belgilanadi.
Biz tayyorlaymiz. Sizdan faqat jarayonni tushuntirish va savollariga javob berish talab qilinadi. Texnik topshiriq va prototip siz tasdiqlaganingizdan keyin dasturlash boshlanadi.
Ha. Har 1-2 haftada ishlaydigan natijani ko'rsatamiz (demo). Siz test muhitiga kirish huquqiga ega bo'lasiz va izohlaringizni bosqich ichida kiritishingiz mumkin.
Har bir yechimda foydalanuvchi rollari, kirish huquqlari, ma'lumotlarni himoyalash, harakatlar tarixi (audit), zaxira nusxalar va tizim xavfsizligi bo'yicha buyurtmachining talablari hisobga olinadi. Kerak bo'lsa tizim faqat sizning serverda joylashtiriladi.
Ha. 1C, Bitrix24, CRM/ERP tizimlari, ma'lumotlar bazalari, to'lov tizimlari, SMS, elektron pochta, OneID va E-IMZO bilan integratsiya qilamiz. Mavjud tizimni almashtirish shart emas.
Shartnoma shartlariga muvofiq manba kodi buyurtmachiga topshirilishi mumkin. Bu masala loyiha boshida kelishiladi va shartnomada aniq yozib qo'yiladi.
Ha. Kafolat davri va undan keyingi texnik qo'llab-quvvatlash shartnoma asosida amalga oshiriladi: nosozliklarni tuzatish, yangilanishlar, konsultatsiya va yangi modullarni qo'shish.
Interfeysni ataylab sodda qilamiz va har bir rol uchun alohida o'qitish o'tkazamiz. Qo'llanma va qisqa video ko'rsatmalar topshiriladi. Birinchi haftalarda doimiy aloqada bo'lamiz.
AI aniq vazifada foyda beradi: takroriy savollarga javob, hujjatdan ma'lumot topish, hisobot loyihasini tayyorlash, murojaatlarni saralash. Biz avval kichik, o'lchanadigan vazifani tanlaymiz va natijani ko'rsatamiz.
Assistent javobida manbani ko'rsatadi, muhim jarayonlarda esa inson tasdig'i talab qilinadi. AI-agentlarning huquqlari chegaralanadi va har bir harakati jurnalga yoziladi.
Texnik taklif tasdiqlangandan keyin shartnoma, texnik topshiriq va bosqichlar jadvali imzolanadi. To'lov bosqichlar bo'yicha, bajarilgan ish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Ha. O'zbekiston bo'ylab masofadan ishlaymiz: uchrashuvlar onlayn, hujjatlar elektron shaklda. Zarur bo'lganda joyiga chiqamiz.
Keyingi qadam

Siz muammoni ayting - biz uni samarali raqamli yechimga aylantiramiz!

O'zbekiston bo'ylab davlat tashkilotlari, biznes vakillari va tadbirkorlar bilan hamkorlikka tayyormiz.

Telegramda yozish