Internet-do'kon va xizmat ko'rsatish saytlari
Katalog, savat, onlayn to'lov, yetkazib berish va buyurtmalar boshqaruvi.
- Katalog, filtrlar va qidiruv
- Savat, buyurtma va onlayn to'lov (Payme, Click, Uzum)
- Yetkazib berish hisobi va status kuzatuvi
Tashkilotingizni ishonchli ko'rsatadigan, tez ishlaydigan va boshqarish oson sayt.
Sayt - tashkilotning raqamli yuzi. Biz uni "chiroyli rasm" sifatida emas, balki natija keltiradigan vosita sifatida loyihalashtiramiz: tashrifchi 5 soniyada nima taklif qilinayotganini tushunishi va murojaat qilish yo'lini ko'rishi kerak.
Barcha matn, rasm, bo'lim va menyu admin panel orqali o'zgartiriladi - har bir kichik o'zgarish uchun dasturchiga murojaat qilish shart emas.
Kim, qanday ishni, qanday qilib bajarayotganini aniqlaymiz. Muammoning haqiqiy sababini topmasdan dasturlashni boshlamaymiz.
Bir necha variant taqqoslanadi: nima kerak, nima keraksiz, qaysi bosqichda nima qilinadi. Taklifda muddat va budjet ko'rsatiladi.
Ekranlar va jarayonlar tasvirlanadi. Prototipni ko'rib, dasturlashdan oldin o'zgartirish kiritish mumkin - bu eng arzon bosqich.
Interfeys xodim va mijoz uchun tushunarli bo'lishi kerak. Brend uslubi, mobil ko'rinish va qulaylik hisobga olinadi.
Ishni qismlarga bo'lib bajaramiz: har 1-2 haftada ishlaydigan natijani ko'rsatamiz. Tashqi servislar ulanadi.
Funksional, yuklama va xavfsizlik sinovlari. Ma'lumotlar ko'chiriladi, tizim ishchi muhitga chiqariladi.
O'qitish, qo'llanma va video ko'rsatmalar. Har bir rol uchun alohida tushuntirish beriladi.
Nosozliklarni tuzatish, yangilanishlar, yangi modullar va konsultatsiya - shartnoma asosida.
Katalog, savat, onlayn to'lov, yetkazib berish va buyurtmalar boshqaruvi.
Mijozlar, xodimlar yoki boshqaruv uchun to'liq funksional mobil ilova - bitta kod bazasidan ikkala platforma uchun.
Mijoz bilan muloqot, ariza qabul qilish, to'lov, navbat va ichki xabarnomalar - hammasi Telegram ichida.
O'zbekiston bo'ylab davlat tashkilotlari, biznes vakillari va tadbirkorlar bilan hamkorlikka tayyormiz.